Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

YO‘LLARDA NOQULAY SHAROIT, MUAMMO YOKI KAMCHILIKLARGA DUCH KELDINGIZMI?

MUROJAAT QILING. BIZ SIZNING HAR BIR ARIZANGIZNI KO‘RIB CHIQAMIZ. MAQSADIMIZ, YO‘L SIFATINI OSHIRISH VA DUNYO STANDARTLARIGA TENGLASHTIRISH.

ASOSIY FUNKSIYALARI

a) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilishi ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:

buyurtmachi tashkilotlarga avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlarini bajarishga ruxsatnomalar beradi;

yo‘l qurilishi jarayonida loyiha-smeta hujjatlariga kiritiladigan o‘zgarishlarning yo‘l qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishini ta'minlaydi;

ishlarni bajaruvchilarda va xizmatlar ko‘rsatuvchi loyiha va pudrat tashkilotlarida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan loyiha va qurilish faoliyatining litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziya mavjudligini nazorat qiladi;

bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati, ularning yo‘l qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlar talablariga va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishni ta'minlaydi;

bajariladigan ishlar, shuningdek yo‘l qurilishi ob'yektida qo‘llaniladigan yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini nazorat tartibida sinab ko‘radi, suratga oladi va o‘lchaydi;

mavjud yo‘llar va sun'iy inshootlarning texnik holatini ularni qayta tiklash yoki rekonstruksiya qilishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan shartnoma asosida tekshiradi;

shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqish sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlar talablari buzilganda ma'muriy ta'sir ko‘rsatish choralarini qo‘llaydi;

arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga va shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va yo‘l qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan tashkilotlarning qurilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga bo‘lgan huquqiga berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga kiritadi;

b) qurilishi tugallangan yo‘l ob'yektlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish doirasida:

yo‘llar va sun'iy inshootlarning, ularning qismlari va konstruktiv elementlarining avariya holatidaligi sabablarini tekshirish bo‘yicha texnikaviy komissiyalar ishida ishtirok etadi;

texnik va mualliflik nazorati xizmatlari hamda idoralar va boshqa tashkilotlarning sinash yo‘l-qurilish laboratoriyalari faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi;

v) yo‘l qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish bo‘yicha:

yo‘l qurilishi sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil ishlab chiqadi va ishlab chiqishda ishtirok etadi;

yo‘l qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish sohasida texnik jihatdan tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni mustaqil ishlab chiqadi va ishlab chiqishda ishtirok etadi;

g) yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish sohasida;

monitoring natijalarini tahlil qiladi, xalqaro tajribani o‘rganadi, yo‘l qurilishi sifati, shuningdek yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalaridan oqilona foydalanish masalalarini tartibga soluvchi metodik hujjatlarning normativ talablarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

«O‘zstandart» agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda sifat bo‘yicha xalqaro talablarga muvofiq yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib boradi; yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari sifatini ta'minlash, avtomobil yo‘llari sohasida shaharsozlik qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga rioya etish masalalari bo‘yicha boshqa vakolatli davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, sinash, loyiha va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi




Галерея

SAVOL BERISH