Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

YO‘LLARDA NOQULAY SHAROIT, MUAMMO YOKI KAMCHILIKLARGA DUCH KELDINGIZMI?

MUROJAAT QILING. BIZ SIZNING HAR BIR ARIZANGIZNI KO‘RIB CHIQAMIZ. MAQSADIMIZ, YO‘L SIFATINI OSHIRISH VA DUNYO STANDARTLARIGA TENGLASHTIRISH.

O‘ZBEKISTON REPUBLIKASI QONUNLARI

    2018 yilning 23-iyuldagi  №O‘RQ 486-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. 

4-modda: 
     “Avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, avtomobil sohasidagi maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi” . 
61-modda:.
      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining avtomobil yo‘llari sohasidagi vakolatlari . 
      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi: 
    Yo‘l qurilishi, yo‘l –qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi; 
      Qurilishi tugallangan yo‘l ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etadi; 
      Avtomobil yo‘llari sohasidagi normativ huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi; 
      Yo‘l qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishga doir ishlarni amalga oshiradi; 
       Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning murojatlariga ko‘ra yo‘l ob’ektlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi; 
      Yo‘l ob’ektlaridan foydalanishga doir ishlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 26 iyunda qabul qilingan. Senat tomonidan 2018 yil 28 iyunda ma’qullangan. 




Галерея

SAVOL BERISH