YO‘LLARDA NOQULAY SHAROIT, MUAMMO YOKI KAMCHILIKLARGA DUCH KELDINGIZMI?

MUROJAAT QILING. BIZ SIZNING HAR BIR ARIZANGIZNI KO‘RIB CHIQAMIZ. MAQSADIMIZ, YO‘L SIFATINI OSHIRISH VA DUNYO STANDARTLARIGA TENGLASHTIRISH.

Samarqand viloyatida granit shebenlari ishlab chiqaruvchi korxonalar

 

         “O‘zyo‘linspeksiya” ko‘prik va yo‘l qurilishida, tayyor beton, temir beton mahsulotlari hamda asfalt ishlab chiqarishda daryo toshlaridan yasalgan va to‘liq sindirilmagan shag‘al mahsulotlari ishlatilishini  qat’iy  taqiqlash hamda qurilishda to‘liq sindirilgan tog‘ jinslaridan tayyorlangan to‘liq sindirilgan granit shag‘allardan foydalanish lozimligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

        Bu borada qonunchilik talabi buzilishini oldini olish va barcha mas’ullar va iste’molchilarni xabardor qilish maqsadida Respublikamizda daryolar hududidan tashqarida joylashgan tog‘ jinslaridan tayyorlangan to‘liq sindirilgan granit shebenlari ishlab chiqaruvchilar, ularning ishlab chiqarish quvvatlari va ular joylashgan manzillar bo‘yicha ma’lumot berib boramiz. Quyida Samarqand viloyatidagi korxonalar haqida batafsil bilim olishingiz mumkin.

Korxona nomi

Korxona manzili

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati (M3/soat)

Korxona vakili

1

2

3

4

5

1

“New tech Samarkand” MChJ

Samarqand viloyati Samarqand tumani Mironqul MFY xududida

120

 Sadriev Shukur                                 tel № 99 334-78-77

2

“Meyor qurilish asfalt” MChJ

Samarqand viloyati Nurobod tumani Jarquduq massivi xududida

250

 Shoxjaxon To‘xtaev                                 tel № 94 470-90-90

3

“Jamshidjon Universal Savdo” Xususiy korxonasi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani Yangiobod MFY Kirguli kareri xududida

50

Jamshid Abdunazarov                                tel № 90 191-87-12

4

“Madina sovda belgisit” Xususiy korxonasi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani Narxipay MFY  xududida

200

 Sadinov Sobir                                 tel № 94 373-00-04

“O‘zyo‘linspeksiya”

Axborot xizmati

12.01.2023

Галерея

SAVOL BERISH