INSPEKSIYA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4954-sonli Farmoning 5-bandi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilishi ishlari sifatini nazorat qilish Davlat Inspeksiyasi” tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 166-sonli Qarori bilan Inspeksiyaning tashkiliy tuzilmasi va Nizomi tasdiqlangan. Nizomda Inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib - yo‘l qurilishi ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish belgilangan.
Галерея











