UMUMIY MA'LUMOTLAR
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 martdagi 166-sonli Qaroriga asosan Ish faoliyatini tashkillashtirish uchun Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi 68 uyga joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3187-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga Karimov Jamshid Abduxamidovich tayinlandi.
Shuningdek, 2017 yil 14 sentyabrdagi “Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasida rahbarlik va xizmat vazifalari taqsimoti to‘g‘risida”gi №1-i/ch-sonli buyrig‘i bilan xizmat vazifalari taqsimoti tasdiqlandi.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2017 yil 22 avgust kuni Davlat inspeksiyasi yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, 538975-son bilan qayd etilgan guvohnoma berildi hamda Davlat statistikasi hisobiga qo‘yildi va quyidagi kodlar berildi.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami - 305032312.
Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat klassifikatori - 84111.
Davlat boshqaruv organlarini tavsiflash tizimi kodi - 06174.
Korxona va tashkilotlarning umumdavlat klassifikatori - 27292835.
Ma'muriy-hududiy tuzilmalarini belgilash tizimi idoraviy statistik kodi - 1726269.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan Inspeksiyaning muhri yasatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vertual qabulxonasi - pm.gov.uz , Davlat tashkilotlardan elektron hujjatlarni qabul qilish pochtasi - dyi@exat.uz Umumiy elektron pochtasi - info@dyi.uz ulandi. Ma'lumotlar almashinuvini qulay va tezkor amalga oshirish uchun har bir hodimning o‘zida elektron pochtasi mavjud.
Галерея











